S

Shoxjahon Ismailov

Eko-faol

Men, Ismailov Shoxjahon Bobosher o‘g‘li, 2010-yil 7-iyun kuni Samarqand viloyatida tug‘ilganman. Hozirda Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida istiqomat qilaman. Hozirda Pastdarg‘om tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinfida tahsil olaman. Otam — Ibragimov Bobosher Ismailovich, quruvchi. Onam — Mardonova Xafiza Sayfidinovna, uy bekasi. Bo‘sh vaqtlarimda futbol va shaxmat bilan shug‘ullanishni yoqtiraman. Shaxmatga bo‘lgan qiziqishim tufayli turli musobaqalarda ishtirok etib, bir qator yuqori o‘rinlarni egallaganman. 2022-yilda matematika fanidan o‘tkazilgan viloyat olimpiadasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritganman. Kelajakdagi asosiy maqsadlarimdan biri — chet elda tahsil olish va xalqaro munosabatlar sohasida chuqur bilim egallashdir. Kelajakda diplomat bo‘lishni va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi manfaatlarini munosib himoya qilishga o‘z hissamni qo‘shishni maqsad qilganman.

Hali postlar yo'q