Tarjimai hol
Men, Jasurbek Nurullayev, uzoq yillardan buyon atrof-muhitni asrash va yoshlar o'rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalari bilan faol shug'ullanib kelaman. Yosh ekologlar harakati Kengashi raisi o'rinbosari sifatida tabiatga e'tiborni kuchaytirish maqsadida "Orol bolalar nigohida", "Eko-patrul" va "Eko burchak" kabi qator amaliy loyihalarga bosh-qosh bo'lganman. 2024-yilda "Eko-volontyor" mobil ilovasi loyiham bilan "Mirzo Ulug‘bek vorislari" tanlovining hududiy bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritdim. Shuningdek, "Yashil kelajak" eko-oromgohida birinchi o'rinni egallab, "Eko-avlod" oromgohida mentorlik malakasini oshirdim. Tarix yo'nalishida tahsil olsam-da, ilmiy izlanishlarimni ekologiya bilan bog'lab, Orol dengizi muammosi va uning globallashuviga doir ishlarni himoya qilganman. Asosiy maqsadim – innovatsion yondashuvlar va jamoatchilik ishtiroki orqali mintaqamiz ekologiyasini yaxshilashga munosib hissa qo'shishdir.

