O'zbekiston, Navoiy viloyatiTarjimai hol
Jafar Bobojonov — Navoiy shahridan bo‘lgan yosh ekofaol. U ekologik ta’lim, yoshlarning fuqarolik faolligi va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Jafar “Eco Planet” ekologik tashabbusi hamda “Mening Daraxtim” ekologik platformasi asoschisi bo‘lib, ekologik harakatlarga yoshlarni jalb etishga alohida e’tibor qaratadi. U O‘zbekiston Bolalar tashkiloti Boshqaruv kengashi raisining sardorlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida yoshlar yetakchiligini rivojlantirish va yoshlar ishtirokini kengaytirish yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Jafar, shuningdek, UNICEF Young Climate Champions, Lumiere Research Program, LCOY Uzbekistan, RES 2026 Astana va boshqa xalqaro iqlim, tadqiqot va yoshlar dasturlarida O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan.
