O'zbekiston, Samarqand viloyatiDinara Maxmashayeva
Biography
Men, Maxmashayeva Dinara, Samarqand davlat chet tillar institutining Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti talabasiman. Talabalik davrimdan boshlab ilmiy izlanishlar, volontyorlik faoliyati hamda xalqaro va respublika miqyosidagi loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqdaman. Ilmiy faoliyatim asosan xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi, sun’iy intellektni ta’limga integratsiya qilish, o‘yin asosida o‘qitish va zamonaviy lingvodidaktik tyondashuvlarga qaratilgan. Hozirgi kunga qadar ushbu yo‘nalishlarda 10 dan ortiq ilmiy maqolalarim xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan. Masalan, AQSh, Buyuk Britaniya, Indoneziya, Ispaniya, va boshqa mamlakatlarda. 2025-yilda “Ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti – talaba yoshlar nigohida” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdim, va ushbu yutuq natijasida institut tomonidan to‘liq moliyalashtirilgan xalqaro malaka oshirish dasturiga tavsiya etilib, 2026-yilda Turkiyaning Gaziantep shahrida o‘tkazilgan xalqaro yoshlar forumida ishtirok etdim. Shuningdek, “Voice UP” startap tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi bo‘lib, respublika bosqichiga xalqaro miqyosda o‘tkazilgan startap loyihlar bo'yicha dastur va oromgohga yo'llanmani qo‘lga kiritdim. Volontyorlik faoliyatim davomida AIIB, UN Public Service Forum, ADB Annual Meeting, UNESCO, EIMO, Samarkand Challenge, xalqaro triatlon musobaqalari va boshqa shu kabi 20 dan ortiq xalqaro tadbirlarda volontyor-tarjimon va tashkilotchi sifatida faoliyat olib bordim. Ushbu tadbirlarda Xitoy, Turkmaniston, Bosniya va Gersegovina, Litva, Filippin, Ozarbayjon, Qozog‘iston va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan delegatsiyalarga hamrohlik qildim va ular bilan o'z yo'nalishim bo'yicha fikr almashadim. Hozirda O‘zbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faol a’zolaridan biri sifatida jamoat ishlarida muntazam ishtirok etaman. Shuningdek, United Students of the Silk-Road Universities Network (USSUN) xalqaro tashkilotida institutimiz vakili sifatida faoliyat yuritaman. Kelgusida xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini yanada rivojlantirish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish hamda xalqaro ta’lim loyihalarida faol ishtirok etish orqali ta’lim sohasiga munosib hissa qo‘shishni maqsad qilganman.
