Xurshedabonu Nasirova

XurshedabonuNasirova

Loyihalarni boshqarish koordinatori

flagO'zbekiston, Samarqand viloyati
Loyihalarni boshqarish koordinatori
A'zo bo'lgan sana iyul, 2026
@n_xurshedabonu

Tarjimai hol

Xurshedabonu Nasirova — Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti talabasi. U ingliz tili, tarjimonlik, adabiyot, volontyorlik va yoshlar loyihalarida faol ishtirok etib kelmoqda. Xurshedabonu “Yil talabasi” tanlovining institut bosqichida “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” yo‘nalishida 2-o‘rin sohibasi hamda Rektor stipendiyasi sohibidir. U 25 dan ortiq maqolalar muallifi, adabiy antologiyalar ishtirokchisi va bir nechta hikoya hamda qissalar tarjimonidir. Ingliz tili darajasi CEFR C1 va IELTS 7.0 sertifikatlari bilan tasdiqlangan. U Samarqand Iqlim Forumi, BMT Davlat Xizmat Ko‘rsatish Forumi, UNESCO 43-Bosh konferensiyasi va Osiyo Taraqqiyot Banki tadbirlarida tarjimon-volontyor sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Global Summit MUN, Silk Road MUN va Veltera MUN kabi konferensiyalarda qatnashgan. 2026-yilda Youth CAN MUN loyihasining asoschisi va tashkilotchisi bo‘lgan. U School 21 o‘quvchisi, Samarqand Volontyorlar Maktabi 12-mavsum bitiruvchisi hamda turli ta’lim, innovatsiya va liderlik dasturlari ishtirokchisidir. Uning asosiy maqsadi bilim va tajribasini rivojlantirib, yoshlar va jamiyat rivojiga hissa qo‘shish.