Tarjimai hol
Farzona Xayrullayevа, 2011-yil 20-martda tug‘ilganman. Hozirda Qarshi shahridagi Mahallot mahallasida yashayman. Ayni vaqtda TDYU huzuridagi Qashqadaryo akademik yuridik litseyining 1-kursida tahsil olmoqdaman. Men yoshlar loyihalari va jamoat tadbirlarida faol qatnashib kelaman. Hozirda GrowX loyihasining Qashqadaryo viloyati bosh koordinatori sifatida faoliyat yuritaman va turli tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etganman. Shuningdek, AMBARELLA UZ loyihasining Qashqadaryo viloyati bosh koordinatori hamman. Bundan tashqari, Xalqaro Yoshlar Ekologik Qo‘mitasining Ekoakademiyasi 2-mavsumida tahsil olyapman. Xalqaro “Yashil qo‘llar” plogging aksiyalarida faol qatnashib, ishtirokim uchun sertifikatlarga ega bo‘lganman. “Yaxshilikdan boshlanadi” loyihasining 3-mavsumida esa eng faol ishtirokchilardan biriman. Men networking qilishni, yangi insonlar bilan tanishishni va jamoa bilan ishlashni yoqtiraman. Odamlar bilan tez va erkin muloqot qila olaman hamda tadbirlarni tashkil etishda faol bo‘lishga qiziqaman. Shu sababli kelajakda ham turli loyihalarda koordinator sifatida o‘z hissamni qo‘shish, yangi tajribalar orttirish va jamiyat uchun foydali tashabbuslarda faol ishtirok etishni maqsad qilganman.

