Suyunboyev Bobomurod Dilmurod o‘g‘li
flagO'zbekiston, Sirdaryo viloyati

Suyunboyev Bobomurod Dilmurod o‘g‘li

Biography

Men, Suyunboyev Bobomurod Dilmurod o‘g‘li, faol volontyor, jamoatchilik yetakchisi va tashabbuskor yoshlar vakiliman. 2019–2025-yillarda O‘zbekiston Bolalar Tashkilotining Sirdaryo tumani sardori sifatida faoliyat yuritib, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik, liderlik va ijtimoiy faollikni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdim. 2022–2024-yillarda Oltin Qanot volontyorlik harakati Sirdaryo viloyati koordinatorining tashkiliy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib bordim. 2025–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Yosh ekologlar harakati Sirdaryo viloyati kengashining ilmiy ishlar bo‘yicha menejeri lavozimida samarali mehnat qildim. 2026-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Yosh ekologlar harakati Sirdaryo viloyati kengashi raisi maslahatchisi hamda kadrlar va boshqaruv masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Yoshlar qanotining Sirdaryo tumani koordinatori, O‘zbekiston Milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi Sirdaryo viloyati vakilligi Volontyorlar markaziy kengashi a'zosi hamda Sirdaryo tumani koordinatori (2025-yil dekabr oyidan), 2025–2026-o‘quv yilida Guliston davlat universiteti Yoshlar kengashining psixologiya va ijtimoiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha maslahatchisi sifatida faoliyat yuritmoqdaman. Bundan tashqari, respublika va xalqaro miqyosdagi ko‘plab loyihalar, forumlar, seminarlar, ekologik oromgohlar hamda volontyorlik dasturlarida faol ishtirok etganman. Shuningdek, III chaqiriq Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faoli hisoblanaman. Ayni paytda Guliston davlat universitetining Tarix yo‘nalishi 2-bosqich talabasi sifatida tahsil olmoqdaman. Hayotiy shiorim: "Volontyorlik va yetakchilik — bu yuksak mas'uliyatdir. Qanday yashashimiz va qanday kelajak qurishimiz o‘z qo‘limizda. Shuning uchun doimo olg‘a intilish, o‘z ustimda ishlash va jamiyat ravnaqi uchun xizmat qilishni o‘zimning eng oliy burchim deb bilaman."