RustamovaDilro'zaFazliddinqizi
Eko-faol
O'zbekiston, Samarqand viloyatiTarjimai hol
Mening ismim Dilruza, familiyam Rustamova. Men 19 yoshdaman. Men O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Qorovultepa qishlog‘i, Ezgu Niyat ko‘chasi, 32-uyda tug‘ilganman va hozir ham shu yerda yashayman. 7 yoshimda 66-sonli maktabga o‘qishga bordim. Men o‘qishga juda qiziqardim va bolaligimda introvert, ya’ni biroz tortinchoq inson edim. Shunga qaramay, bu maktabda 4 yil tahsil oldim. Keyinchalik qishlog‘imizda joylashgan 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qishga kirdim. O‘sha paytda bu maktab eng mashhur maktablardan biri edi. Ko‘plab o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorgarlik ko‘rish uchun ushbu maktabda tahsil olishardi. Bundan tashqari, 8–9-sinflarda ushbu maktabda bir nechta tanlov va musobaqalarda qatnashdim. Ulardan eng kattasi maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan ingliz tili tanlovi edi. Biz 2022–2023-yillarda ikki marta 100 million so‘mlik mukofotni qo‘lga kiritdik.
