Tarjimai hol
Men, Asadova Sobira, ekologik madaniyatni rivojlantirish, atrof-muhitni asrash va yoshlarni ekologik mas’uliyat ruhida tarbiyalashga qiziqaman. Faoliyatim davomida maktab o‘quvchilari bilan ekologik tadbirlar, targ‘ibot ishlari, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish aksiyalarini tashkil etishda faol ishtirok etib kelmoqdaman. Maktabda Eco-koordinator sifatida o‘quvchilarni ekologik loyihalarga jalb qilish, chiqindilarni saralash, tabiatni asrash va “yashil” tashabbuslarni amalga oshirishga alohida e’tibor qarataman. Shuningdek, Eco-Schools Uzbekistan dasturi doirasida maktabdagi ekologik tashabbuslarni rivojlantirish, o‘quvchilarning ekologik bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda ekologik loyihalarni amalga oshirishda faol qatnashib kelmoqdaman. Maqsadim — yosh avlodda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish va maktabimizda ekologik jihatdan ongli, faol va tashabbuskor yoshlar safini kengaytirish

