O'zbekiston, Samarqand viloyatiBaxodirbek Mavlonov
Biography
Hozirda Zarmed universiteti stomatologiya yo‘nalishida tahsil olaman. Faoliyatim davomida turli yoshlar loyihalari va ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etganman hamda bir qancha respublika darajasidagi forum va anjumanalarda tashkiliy qo‘mita a’zosi sifatida qatnashganman. 2021-2023-yillarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati sardori sifatida faoliyat yuritganman. Shuningdek, volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullanganman. Grafik dizayn, videomontaj va mobilografiya sohalariga qiziqaman. Canva, Photoshop, Adobe Premiere Pro va CapCut dasturlarida ishlash ko‘nikmalariga egaman. Ekologiya bo‘yicha “Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha yoshlar xabardorligini oshirish” mavzusidagi seminarda hamda III Ekologiya va Turizm Xalqaro Qurultoyida ishtirok etganman.
