Murodillayeva Charos

MurodillayevaCharos

Eko-faol

flagO'zbekiston, Qashqadaryo viloyati
A'zo bo'lgan sana iyul, 2026
@nematillayevna007

Tarjimai hol

Men, Murodillayeva Charos Ne’matilla qizi, 2007-yil 15-avgustda Qarshi shahrida tug‘ilganman. Qarshi shahridagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini muvaffaqiyatli tamomlaganman. Maktab davrida fanlarni puxta o‘zlashtirishga, jamoat ishlarida faol qatnashishga hamda o‘z ustimda muntazam ishlashga intildim. Ta’limdagi yuqori natijalarim uchun oltin medal bilan taqdirlandim. Hozirgi kunda Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti, Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasiman. 025-45-guruhda tahsil olaman hamda guruh sardori sifatida jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelmoqdaman. O‘qishdagi yuqori natijalarim asosida 2-bosqich uchun ta’lim grantini qo‘lga kiritdim. Universitetdagi tahsilim davomida ilmiy-tadqiqot faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratib kelmoqdaman. Iqtisodiyot va jamiyat hayotiga oid mavzularda izlanishlar olib borib, bugungi kunga qadar 7 ta ilmiy maqolam chop etilgan. Shuningdek, turli yoshlar loyihalari, tanlovlar va ijtimoiy tashabbuslarda faol qatnashib kelmoqdaman. Kelajakdagi asosiy maqsadim — iqtisodiyot va bank-moliya sohasi bo‘yicha chuqur bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lish, bank sohasida yuqori malakali mutaxassis va rahbar sifatida faoliyat yuritish hamda xorijiy investorlar bilan samarali hamkorlik qilishdir. Kelgusida xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida magistratura bosqichida tahsil olib, xalqaro tajriba va zamonaviy bilimlarni egallash hamda ularni yurtimiz iqtisodiy taraqqiyoti yo‘lida qo‘llashni maqsad qilganman.