Eko Akademiya

Eko Akademiya

Eko Akademiya — yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish, iqlim va atrof-muhit muammolari haqida chuqurroq bilim berish hamda faol yosh eko-aktivistlar jamoasini shakllantirishga qaratilgan ta’limiy loyiha. Akademiya davomida ishtirokchilar: - 🌍 global ekologik va iqlim muammolari; - ♻️ atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror turmush tarzi; - 🌱 ekologik tashabbus va loyihalar ishlab chiqish; - 📢 yoshlar iqlim advokatsiyasi; - 🤝 jamoa bilan ishlash va ekologik liderlik bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Kimlar ishtirok etishi mumkin? 14–25 yoshdagi ekologik masalalarga qiziqadigan, yangi bilim olishni, o‘z g‘oyalarini rivojlantirishni va atrof-muhit uchun amaliy harakat qilishni istaydigan yoshlar. Akademiya yakunida ishtirokchilar o‘z ekologik g‘oya va tashabbuslarini shakllantirish, ularni amalga oshirish rejasini ishlab chiqish hamda ekologik faollar jamoasi bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

* Majburiy savol

YouthCAN orqali taqdim etilgan