18:37 30/9/2026
27-sentyabr, 2026-yil. Toshkent shahri, Do`stlik bog`i. Men va maktabdoshlarim (Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati o`quvchilari) YouthCan platformasi ostida o`tkazilgan FunRun tadbiriga qatnashdik. Biz bu tadbir davomida har xil o`yinlar o`ynadik va Yurtimizda ekologiya sohasida olib borilayotgan islohotlar va taqdim etilayotgan imkoniyatlarni o`rgandik. Bundan tashqari, yangi tanishlar orttirdik va maktabimizning omma oldidagi ko`rinishini yana bir bor yaxshiladik.

Hali fikr-mulohaza yo'q. Birinchi bo'ling!