💚 Mehr va e’tibor — eng go‘zal qadriyatlarimizdan!

💚Mehrvae’tibor—enggo‘zalqadriyatlarimizdan!

YouthCAN

YouthCAN

Rasmiy hisob

Xalqaro yoshlar ekologik qo‘mitasi jamoasi Sirdaryo viloyati bosh koordinatori Suyunov Bobomurodning buvijonlari — Gulbodom onaxonning xonadonida mehmon bo‘lib, dildan suhbat qurdilar. ☕️ Fayzli diydor davomida onaxon o'zlarining ibratli hayot yo'llari, tajribalari haqida so'zlab, yoshlarga qimmatli pand-nasihatlarini berdilar. Samimiyatga boy bu uchrashuv barchamizda iliq va unutilmas taassurot qoldirdi. 🌷 ✨ Nuroniylarimizni e'zozlash, duosini olish va ko'ngillariga quvonch ulashish — insoniylikning eng go‘zal ziynatidir. Keksalari ardoqlangan yurtning kelajagi doimo charog'on bo'ladi! 🤍 🫂 Zero, biz shunchaki jamoa emas, katta va ahil oilamiz!
Orqaga: Yangiliklar