🌊 Norak GESda amaliy o'rganishlar: Tojikiston suv siyosati bilan tanishuv

🌊NorakGESdaamaliyo'rganishlar:Tojikistonsuvsiyosatibilantanishuv

YouthCAN

YouthCAN

Rasmiy hisob

Tojikistondagi eng yirik va dunyodagi eng baland to'g'onlardan biri bo'lgan mashhur Norak GESga tashrif buyurildi. ⚡️ 3 015 MVt quvvatga ega ushbu ulkan inshoot nafaqat Tojikiston, balki butun Markaziy Osiyoning yashil energiya va irrigatsiya tizimida strategik ahamiyatga ega. 🔍 Mazkur obyekt orqali Tojikistonning suv siyosati, mintaqaviy tabiiy resurslarni boshqarish va ekologik muvozanatni saqlash borasidagi tajribasi o'rganildi. Global iqlim o'zgarishlari davrida suvdan oqilona foydalanish va toza gidroenergetika sohasidagi bu tanishuvlar — kelgusi mintaqaviy yoshlar loyihalari uchun muhim poydevor bo'lib xizmat qiladi!
Orqaga: Yangiliklar