Tarjimai hol
Men, Muxayyo Abdukarimova, Kimyo International University in Tashkent (KIUT) universitetining Stomatologiya yo‘nalishi 1-bosqich talabasi bo‘lib tahsil olmoqdaman. Bo‘sh vaqtlarimda volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullanaman va turli loyihalarda faol qatnashaman. Yoshlar va ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish, yangi tajriba orttirish va jamoa bilan ishlash menga yoqadi. Shuningdek, ekologiya va atrof-muhit tozaligiga hissa qo‘shishga qiziqaman. Tabiatni asrash, tozalik aksiyalari va ekologik tadbirlarda ishtirok etganman Kelajakda volontyorlik faoliyatimni yanada rivojlantirib, jamiyatga foydali inson bo‘lishni maqsad qilganman.

