AbdiyevaMarjona
Eko-faol
O'zbekiston, Samarqand viloyatiTarjimai hol
Men Abdiyeva Marjona Ravshan qizi, Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti talabasi. Yoshligimdan tabiatni asrash, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish va ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslikka qiziqib kelaman. Shu sababli turli ekologik loyihalar, treninglar, aksiyalar va yoshlar tashabbuslarida faol ishtirok etib kelmoqdaman. Ekologiya yo‘nalishida bilim va tajribamni oshirish maqsadida Eco Outlook Camp kabi ekologik ta’lim dasturlarida qatnashdim. Ushbu loyihalar davomida zamonaviy ekologik muammolar, chiqindilarni kamaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va yoshlarning ekologik tashabbuslardagi o‘rni haqida yangi bilimlarga ega bo‘ldim. Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti doirasida “Plastiksiz bir kun” loyihasini yaratib, plastik mahsulotlardan foydalanishni kamaytirish va talabalar orasida ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan tashabbusni ilgari surdim. Kelajakda ham ekologik loyihalarda faol qatnashib, o‘z bilim va g‘oyalarim orqali atrof-muhitni asrashga hissa qo‘shishni maqsad qilganman.
