Tarjimai hol
Men Sirdaryo viloyatidan bo‘lgan faol va tashabbuskor yoshman. Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni oshirish va yoshlarni ekologik tashabbuslarga jalb etishga katta qiziqish bildiraman. Yoshlar bilan hamkorlikda ekologik muammolarga e’tibor qaratish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish va foydali tashabbuslarni amalga oshirishga intilaman. Shu bilan birga, kompyuter tizimlarida dasturlash yo‘nalishida tahsil olib, zamonaviy texnologiyalar orqali ekologiya va jamiyat rivojiga foyda keltiradigan yangi g‘oyalarni o‘rganmoqdaman. Kelajakda ekologiya, innovatsiya va yoshlar ishtirokini birlashtirgan loyihalarda faol qatnashishni maqsad qilganman.

