Tarjimai hol
Salom! Men Ezozbek, O‘zbekistondan bo‘lgan o‘quvchiman. Men doimo yangi narsalarni o‘rganishga, o‘zimni sinab ko‘rishga va yangi imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilaman. So‘nggi bir necha yil davomida sport, debat, volontyorlik, olimpiadalar va turli xalqaro tadbirlarda faol qatnashib kelmoqdaman. Sportda 10 dan ortiq medalga ega bo‘lganman, ular orasida Markaziy Osiyo, O‘zbekiston chempionati va O‘zbekiston kubogi darajasidagi natijalar ham bor. Debat va volontyorlik esa menga odamlar bilan to‘g‘ri muloqot qilish, jamoada ishlash, o‘z fikrimni erkin ifodalash va mas’uliyatni o‘z zimmamga olishni o‘rgatdi. Hozirgi asosiy maqsadlarimdan biri — SAT va IELTS natijalarimni yaxshilash va kelajakda Business Management yo‘nalishida kuchli xalqaro universitetda o‘qish. Keyinchalik esa o‘z loyihalarim va startaplarimni yaratib, nafaqat o‘zim, balki atrofimdagi insonlar uchun ham foydali bo‘ladigan ishlar qilishni xohlayman. Men uchun volontyorlik shunchaki CVga qo‘shiladigan yana bir tajriba emas. Men yangi insonlar bilan tanishishni, jamoa bilan ishlashni va biror tadbir yoki loyihaning muvaffaqiyatli bo‘lishiga o‘z hissamni qo‘shishni haqiqatan ham yoqtiraman. Hali oldinda juda ko‘p narsalarni o‘rganishim va sinab ko‘rishim kerak. Qayergacha borishimni aniq bilmayman, lekin bir narsani bilaman: imkoniyat kelganda uni qo‘ldan boy bermaslik va har bir tajribadan o‘zim uchun nimadir olishga harakat qilaman. Bu sahifada esa o‘qishim, SAT va IELTS tayyorgarligim, volontyorlik tajribalarim, debatlarim, yutuqlarim va kelajakdagi rejalarimni bo‘lishib boraman.

