🛍 Bugun — Xalqaro plastik paketlardan voz kechish kuni!

🛍BugunXalqaroplastikpaketlardanvozkechishkuni!

Lobarxon Jalolova

Lobarxon Jalolova

Rais

Ushbu kunning asosiy maqsadi — insoniyat e’tiborini sayyoramizni eng ko‘p ifloslantirayotgan bir marta ishlatiladigan plastik paketlar muammosiga qaratishdir. Plastik paketlar haqida siz bilgan va bilmagan faktlar: 🌍 Bir dona plastik paket tabiatda butunlay parchalanishi uchun 500 yildan ortiq vaqt talab etiladi. 🌍 Har yili dunyo bo‘ylab 5 trillion dona plastik paket ishlab chiqariladi va ularning faqat 1-2 foizigina qayta ishlanadi. ❓Nima uchun bu kun muhim? Plastik chiqindilar tuproq va suvni zaharlab, mikroplastik ko‘rinishida oziq-ovqat zanjirimizga kirib bormoqda. Bugun do‘konda paketga "yo‘q, rahmat" deyish va shopperga o‘tish — kelajak uchun eng oson va muhim qadamdir.
Orqaga: Yangiliklar