Мероприятия
Присоединяйтесь к нашим инициативам, семинарам и международным климатическим форумам.
Faol eventlar
Röyxat oçiqEko Akademiya
Eko Akademiya — yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish, iqlim va atrof-muhit muammolari haqida chuqurroq bilim berish hamda faol yosh eko-aktivistlar jamoasini shakllantirishga qaratilgan ta’limiy loyiha. Akademiya davomida ishtirokchilar: - 🌍 global ekologik va iqlim muammolari; - ♻️ atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror turmush tarzi; - 🌱 ekologik tashabbus va loyihalar ishlab chiqish; - 📢 yoshlar iqlim advokatsiyasi; - 🤝 jamoa bilan ishlash va ekologik liderlik bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Kimlar ishtirok etishi mumkin? 14–25 yoshdagi ekologik masalalarga qiziqadigan, yangi bilim olishni, o‘z g‘oyalarini rivojlantirishni va atrof-muhit uchun amaliy harakat qilishni istaydigan yoshlar. Akademiya yakunida ishtirokchilar o‘z ekologik g‘oya va tashabbuslarini shakllantirish, ularni amalga oshirish rejasini ishlab chiqish hamda ekologik faollar jamoasi bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tugagan eventlar
TugaganFUN RUN
🌿Yakshanba kuniga rejalaringiz tayyormi? ⚡️Haftani faol, ko‘tarinki kayfiyatda va foydali odat bilan boshlashga nima deysiz? ✔️Biz bilan birga yuguring, yangi do‘stlar orttiring va sog‘lom hayot sari yana bir qadam tashlang! O‘zingizni sinab ko‘rish uchun professional yuguruvchi bo‘lish shart emas. Muhimi — istak va harakat! 🗓Sana: 25-oktabr, 2026-yil ⏰Vaqt: 06:30 📍Manzil: Do‘stlik bog‘i
TugaganFUN RUN
🏃🏻♀️ Running Day yana qaytmoqda! 💚 Yakshanba kungi rejalar tayyormi? 👀 Bu yakshanba ham yugurish uchun yig‘ilamiz! Sport kiyimlaringizni tayyorlang, do‘stlaringizni chaqiring va haftaning so‘nggi kunini biz bilan boshlang. Yugurishni yaxshi ko‘rasizmi yoki shunchaki sinab ko‘rmoqchimisiz — farqi yo‘q, sizni safimizda kutamiz! 🌿 📅 Sana: 18.10.2026 ⏰ Vaqt: 6:30 📍 Manzil: Do'stlik bog'i Ko‘rishguncha! 💚
🌿 PLOGGING’GA BIZ BILAN! 🏃♀️♻️
Chiqindilarni to’playmiz, atrofni tozalaymiz va birga foydali vaqt o‘tkazamiz! 💚 📢 1-noyabr kuni Eco Help yoshlar ekologik harakati va Xalqaro yoshlar ekologik qo‘mitasi hamkorligida plogging aksiyasi bo‘lib o‘tadi. Plogging — yugurish va atrofdagi chiqindilarni yig‘ishni birlashtirgan ekologik tashabbus. 🌱 📅 1-noyabr, yakshanba 🕦 11:30 📍 Kosmonavtlar metrosi 🎓 Aksiyada qatnashgan har bir ishtirokchiga maxsus sertifikat taqdim etiladi! Do‘stlaringizni chaqiring va bu yakshanbani foydali harakat bilan boshlang! 💚 Birga harakat qilamiz. Birga o‘zgartiramiz. 🌍
FUN RUN
🏃♂️➡️ Budilnikni o‘chirib, yana uxlab qolish oson. Ammo tongni harakat va yaxshi kayfiyat bilan boshlash-chi? 😎 🔥 Sizni energiyaga boy tong, qiziqarli o‘yinlar, musobaqalar, yangi tanishuvlar va g‘oliblar uchun maxsus sovg‘alar kutmoqda! 📆 Sana: 11-oktabr, yakshanba ⏰ Vaqt: 06:30 📍 Manzil: Do‘stlik bog‘i 🏆 Musobaqalarda o‘zini ko‘rsatgan g‘oliblarni sovg‘alar va maxsus mukofotlar kutmoqda! 😉 Do‘stlaringizni ham taklif qiling! ⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 10-oktabr, 21:00 yoki joylar to‘lguniga qadar. ❓ Murojaat uchun: @ecohelp_admin
TugaganFUN RUN
Ekofaollar sizni quvnoq yugurishga taklif qiladi! Energiyaga to’la tong, yangi tanishuvlar va kutilmagan sovg’alar — barchasi bir joyda!
